Gollandiya. 7-tur yakunlari. PSV, "Ayaks" va "Feyenoord"da g'alaba

Narzulla Saydullayev
30 sen 2018, 23:36
Kecha va bugun Gollandiya chempionatida 7-tur bahslari bo'lib o'tdi.

Dastlabki 6ta turda 6ta g'alabaga erishgan PSV ushbu turni safarda "NAK Breda"ga qarshi o'tkazib 7-g'alabasini tantana qildi - 2:0.

Amstyerdamning "Ayaks" klubi Sittardning "Fortuna" jamoasi mehmoni bo'ldi. Kasper Dolberg va Xakim Ziechning gollari evaziga Amstyerdam klubi 3 ochkoga ega chiqdi - 2:0.

"Feyenoord" va "Vitess" o'rtasidagi o'yin juda ham keskin o'tdi. Hisobda ortda qolayotgan Jovanni van Bronxorst shogirdlari ikkinchi bo'limda ikkita gol urib g'alabani ilib ketishdi. E'tiborlisi "Feyenoord" uchrashuvni 10, mehmonlar esa 9 kishi bo'lib tugatdi.


Gollandiya chempionati. 7-tur juftliklari

29 sentyabr

NAK BREDA - PSV 0:2


XERENVEN - ADO DEN XAAG 1:1

FORTUNA - AYAKS 0:2



EKSELSIOR - VVV VENLO 1:0

30 sentyabr
XERAKLES - EMMEN 2:1
AZ ALKMAAR - ZVOLLE 2:2
GRONINGEN - UTREXT 1:1
DE GRAFSXAP - VILLEM II 2:1

FEYENOORD - VITESS 2:1

 


GOLLANDIYA CHEMPIONATI MUSOBAQA JADVALI



TO'PURARLAR POYGASI


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia