G'olib G'aybullaev: "Finalda kim kuchli bo'lsa, o'sha o'ynasin"

Iskandarov Abdulaziz
14 okt 2022, 20:38
"Nasaf" himoyachisi G'olib G'aybullaev O'zbekiston Coca Cola kubogi yarim finalidan o'rin olgan AGMKga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.





"AGMK hurmatga loyiq jamoa. Ularga qarshi o'ynash yoqimli. Hujumkor o'yin ko'rsatadi. Shu bois ikki jamoaga ham qiyin bo'ldi. Bahsga taktikani murabbiyimiz tanlaydi. Biz qo'ldan kelgancha bajarishga harakat qilamiz. O'yin davomida himoyachilarning oldinga o'tishi vaziyatga qarab amalga oshadi. Albatta o'z darvozamizni unutmagan holda. 

Finalda kim kuchli bo'lsa, o'sha to'p tepsin. Avvalo hammasi xudodan. Biz oldinga qarab kurashishdan to'xtamaymiz",- deydi G'olib G'aybullaev.  

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia