Golden Boy sovrini gollandiyalik futbolchiga topshirildi

Aslanov Jasurbek
17 dek 2018, 10:50
"Ayaks" himoyachisi Mateys de Ligt Italiyaning Tuttosport gazetasi topshiradigan Golden Boy sovrinini qo'lga kiritdi.

Bu mukofot 21 yoshgacha bo'lgan eng yaxshi yosh futbolchiga taqdim etiladi.

De Ligtdan tashqari sovrin uchun Trent Aleksander-Arnold ("Liverpul"), Jastin Klyuyvert ("Roma"), Vinisius Junior ("Real") va Patrik Kutrone ("Milan") nomzod edi. Eslatib o'tamiz, 2017 yilda ushbu sovrin PSJ hujumchisi Kilian Mbappega topshirilgan.

Oldinroq, 19 yoshli de Ligtga "Barselona", "Yuventus" va Yevropaning boshqa grandlari qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport