Godin: “Urugvay terma jamoasi mundial favoritlari safida emas”

Tolibjon Qosimov
9 iyun 2014, 12:22
Urugvay terma jamoasi himoyachisi Diego Godinning so'zlariga ko'ra, u o'z jamoasini Jahon chempionati yetakchilari safida ko'rmaydi.
“Atletiko” futbolchisining fikricha Oskar Tabares jamoasi yutuqlarga erishishi ham mumkin.

“Men jamoamizni mundial favoriti sifatida ko'rayotganim yo'q. Lekin, bu futbol va unda hamma narsa bo'lishi mumkin. Favoritlar boshqa jamoalar va ular katta bosim ostida. Mundial yetakchilari bu – Braziliya, Argentina, Ispaniya va Germaniya”, - deydi Godin.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com