Geynrix terma jamoa murabbiylari ixtiyoriga yetib keldi

Aslanov Jasurbek
22 avg 2017
Qozog'istonning “Ordabasi” klubida to'p tepayotgan hujumchimiz Aleksandr Geynrix O'zbekiston milliy terma jamoasi lageriga yetib keldi.

Xabaringiz bor, 20 avgust kuni terma jamoamizning Toshkentdagi yig'ini boshlandi. Ushbu yig'in Xitoy (31 avgust) va Janubiy Koreya (5 sentyabr) terma jamoalariga qarshi kechadigan JCH-2018 saralash o'yinlariga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.

Ma'lumot uchun, Aleksandr Geynrix 2002 yildan buyon milliy terma jamoa sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqt mobaynida u 93 uchrashuv o'tkazib, 31 ta golga mualliflik qildi.




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia