Geynrix 5 daqiqa o'ynadi, "Ordabasi"da durang

Narzulla Saydullayev
9 apr 2016
Bugun Qozog'iston premer-ligasi 4-turidan o'rin olgan "Ordabasi" - "Tobol" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda tomonlar jangovor durangga imzo chekishdi - 2:2. Mezbonlar safida hamyurtimiz Aleksandr Geynrix 85-daqiqada maydonga tushdi. "Ordabasi" 4ta o'yindan 7 ochko to'plab ayni paytda 4-o'rinda bormoqda. klub navbatdagi bahsni 13 aperl kuni "Irtish"ga qarshi safarda o'tkazadi.

Ordabasi - Tobol 2:2
Gollar:
Tolebek 6 (1:0), Shimkovich 21 (1:1), Diakate 66 (2:1), Jumaskaliev 90 (2:2)
Chetlatish: Suyumbaev 37.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia