Gevorkyan: "Yevropa chempionligi uchun asosiy nomzod Germaniya terma jamoasi"
Aslanov Jasurbek
6 iyul 2016, 17:43
"Lokomotiv"ning yangi yarim himoyachisi Artur Gevorkyan sports.kz saytiga bergan intervyusida Fransiyada o'tayotgan Yevropa chempionatida kim g'olib bo'lishi mumkinligini taxmin qildi.
Yevropa chempionatini tomosha qilyapman. Qiziq turnir! Ko'plab ajoyib o'yinlar, kutilmagan natijalar va Uels va Islandiya kabi musobaqaning yangi yetakchilari. Yevropa chempioni kim bo'lishiga to'xtaladigan bo'lsak, sovrin uchun asosiy nomzod - Germaniya terma jamoasi" - deydi Gevorkyan.