"Gerta"da ham koronavirusga chalingan ilk futbolchi aniqlandi, klub esa karatinga o'tkazildi

Alisher
18 mar 2020, 11:55
"Gerta" jamoadagi ilk koronavirus holatini e'lon qildi.

Nemis klubi koronavirusga chalingan o'yinchining familiyasini oshkor qilmadi.

- Seshanba kuni futbolchining koronavirus borasidagi testi ijobiy chiqdi. Jamoa, murabbiylar va xodimlar 14 kunlik karantinga o'tkazildi.

Futbolchi odatdagi belgilardan shikoyat qildi va biz uni darhol guruhdan ajratdik. Keyinchalik tekshirilgan test uning koronavirusga chalinganini tasdiqladi. Endi jamoamizdagi barcha futbolchilar ikki haftalik karantinda bo'lishadi, - deyiladi "Gerta" xabarida.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/HerthaBSC