Germaniya yoshlari qitada tengsiz bo'lishdi

Aslanov Jasurbek
1 iyul 2017, 02:26
Germaniya yoshlar terma jamoasi 2017 yilgi Yevropa chempioni degan nomga sazovor bo'lishdi.

Polshada o'tgan musobaqa finalida nemislar Ispaniya terma jamosidan ustun kelishdi. Uchrashuvdagi yagona gol “Gerta” vakili Mitchell Vayzer hisobiga yozildi.

Bu Germaniya terma jamoasining yoshlar o'rtasida qita birinchiligida ikkinchi g'alabasi bo'ldi. Nemislar 2009 yilda ilk marta Yevropada tengsiz deya etirof etilgandilar.

Evro-2017 (U-21)

Final

Germaniya U-21 – Ispaniya U-21 1:0 (1:0, 0:0)

Gol: 1:0 – 40 Vayzer.

Germaniya U-21 – Pollersbek, Kempf, Shtark, Tolyan, Vayzer, Filipp (Oztunali, 87), Xaberer (Kor, 83), Arnold, Mayer, Gnabri (Amiri, 81), Gerxardt.

Ispaniya U-21 –Arrisabalaga, Xorxe Mere, Kastro (Gayya, 51), Belerin, Valexo, Sebalos, Markos Lorente (Mayoral, 83), Asensio, Saul, Deulofeu, Sandro Ramires (Inyaki Uilyams, 71).

Ogohlantirish: Saul (43), Arnold (47), Xaberer (50), Shtark (52), Markos Lorente (54), Mayer (78), Valexo (89).









O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia