Germaniya superkubogi oldidan "Bavariya"da ikkita jiddiy yo'qotish

Tolibjon Qosimov
3 avg 2017
"Bavariya" rasmiy saytining xabar berishicha, klub keyingi hafta davomida Xames Rodrigesning xizmatlaridan foydalana olmaydi.

"Audi Cup" doirasida "Liverpul"ga qarshi kechgan uchrashuvda kolumbiyalik o'ng sonining paylarini cho'zib olgan. Tyago Alkantara ham jarohat olgan. Har ikki futbolchi Germaniya superkubogi doirasida "Borussiya" (Dordmund)ga qarshi kechadigan o'yinda ishtirok eta olmaydi.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fcbayern.de