Germaniya prezidenti: "Jahon chempionati oson bo'lmadi, dam olish vaqti keldi"

Sherzod Nurmatov
2 dek 2022, 11:42
Germaniya prezidenti JCH-2022dan ketganidan keyin terma jamoaga murojaat yo'lladi.

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer JCH-2022ning pley-off bosqichiga chiqa olmagan milliy terma jamoaga murojaat qildi.



"Aziz jamoa, biz uchun Jahon chempionati oson bo'lmadi. Albatta, biz bajonidil sizga muxlislik qilishda davom etgan bo'lardik. Chuqur nafas olib, biroz dam olish va yangi kuch bilan navbatdagi turnirga yo'l olish vaqti keldi. Bu ishingizda muvaffaqiyatlar tilayman!", – dedi Shtaynmayer ijtimoiy tarmoqlarda.

"E" guruhida Yaponiya 6 ochko bilan birinchi, Ispaniya 4 ochko bilan ikkinchi o'rinni egalladi va yaponiyaliklar bilan birga musobaqaning 1/8 finaliga yo'l oldi. 4 ochko jamg'argan Germaniya esa to'plar farqi bo'yicha ispaniyaliklarga imkoniyatni boy berib, uchinchi o'rinda qoldi. Kosta-Rika oxirgi, to'rtinchi o'rinni band etdi (3 ochko).

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: DW