

Mazkur bahsda Leverkuzen klubining qo'li baland keldi va final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Uchrashuv mehmonlarning yaqqol ustunliklari ustida o'tdi. Gollarga Mussa Diabi, Lukas Alario va Karim Belarabi mualliflik qildi. Shuningdek, o'yin davomida Karim Demirbay ham o'z faolligi bilan ajralib turdi. U jamoadoshlarining ikki goliga hammualliflik qildi.
Germaniya kubogi
1/2 final
"Saarbryuken" – "Bayer" 0:3
9 iyun, 23.45, "Hermann-Neuberger-Stadion"
Gollar:
0:1 – 11 Diabi, 0:2 – 19 Alario, 0:3 – 58 Belarabi.
"Saarbryuken" – Bac, Myuller (Mendler, 68), Barilla, Shorx, Uaferro, Yenike (Froeze, 46), Perdeday (Braytenbax, 69), Cayc, Yakob (Ayzele, 78), Gollay, Cellner.
"Bayer" – Gradecki, Vayzer, Vendell, Tapsoba (Ta, 46), Bender (Dragovich, 62), Virtc (Belarabi, 46), Demirbay, Paulino, Arangis (Palasios, 70), Diabi (Folland, 62), Alario.
Ogohlantirishlar:
Tapsoba (7).

Eslatib o'tamiz, "Bayer"ning finaldagi raqibi ertaga "Bavariya" va "Ayntraxt" jamoalari o'rtasidagi bahsda aniqlanadi. Bu uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45da start oladi.



