Germaniya kubogi. Volfsburg klubiga texnik mag'lubiyat yozildi. Sababini eshitib, yoqa ushlaysiz

Narzulla Saydullayev
17 avg 2021, 11:59
Volfsburg 8 avgust kuni Germaniya kubogi doirasida quyi liga vakili Proyssenni 3:1 hisobida mag'lub etgandi.

Myunster shahri jamoasi ushbu natija borasida shikoyat yozdi. Gap shundaki bo'rilar ruxsat etilgan 5ta emas 6ta o'zgarishni amalga oshirishgan. Qo'shimcha bo'limlarda Maksimilian Filipp o'rniga Sebastyan Bornauv, Maksans Lakrua o'rniga Admir Mexmedi tushganida reglament buzilgan.

Surishtiruv natijasiga ko'ra Volfsburgga 0:2 hisobida (ha, aynan 0:2) texnik mag'lubiyat yozilgan. Klub 24 soat ichida apellyaciya berishi mumkin. Ma'lumot uchun, ayni paytda Volfsburgni sobiq futbolchi Mark van Bommel boshqarmoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: dfb.de