Germaniya kubogi. Fantastik o'yinda "Borussiya" "Bavariya"dan ustun keldi va finalga chiqdi

27 apr 2017, 01:49
Germaniya kubogi finali chiptasi uchun kechgan bellashuvda Tomas Tuxel shogirdlari Anchelottining jamoasini mag'lubiyatga uchratdi.


Germaniya kubogi.

Yarim final.

Bavariya – Borussiya D 2:3 (2:1, 0:2)

Alyanc-Arena

Gollar
: 0:1 – 19 Roys, 1:1 – 28 Martines, 2:1 – 41 Xummels, 2:2 – 69 Obameyang, 2:3 – 74 Dembele.

Bavariya
– Ulrayx, Martines, Xummels (Boateng, 62), Alaba, Lam, Vidal, Xabi Alonso (Myuller, 79), Alkantara, Robben, Riberi (Duglas Kosta, 86), Levandovski.

Borussiya D
– Byurki, Shmelcer, Gerreyru, Pishchek (Pulishich, 80), Papastatopulos, Kastro (Durm, 46), Bender, Vaygl, Roys (Ginter, 90), Obameyang, Dembele.

Ogohlantirishlar
: Vaygl (15), Dembele (25), Robben (31), Xabi Alonso (78), Byurki (90).


Germaniya kubogi finalida "Borussiya Dortmund" Frankfurtning "Ayntraxt" jamoasi bilan bosh sovrin uchun bellashadi.

Final uchrashuvi 27 may kuni Berlindagi "Olimpiyashtadion"da bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia