Germaniya kubogi. “Bavariya” Liverkuzenda “Bayer”ni “yanchib” tashladi

18 apr 2018, 02:09
Germaniya kubogi yarim finali doirasida “Bavariya” Liverkuzendagi “Bay-Arena” stadionida “Bayer” bilan kuch sinashdi

Uchrashuv to'liq mehmonlar ustunligi ostida o'tib, darvozalarga naqd sakkizta gol kiritildi. Tomas Myuller xet-trik qayd etgan bo'lsa, ikkita gol Levandovski hisobiga yozildi. Yana bir golni Alkantara kiritdi. “Bayer” safida Lars Bender va Leon Beyli gol urishga erishdi. Shu tariqa myuxenliklar final yo'llanmasiga ega chiqishdi.

Ikkinchi finalchi nomi 18 aprel kuni “Shalke-04” va “Ayntraxt” jamoalari uchrashuvidan so'ng ma'lum bo'ladi.

Germaniya kubogi finali esa 19 may kuni o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia