Joriy haftaning dam olish kunlarida Germaniya bundesligasida navbatdagi 22-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Mazkur turda ham qiziqarli o'tishi kutilayotgan bir qator uchrashuvlar mavjud. "SA" sizni ushbu to'qnashuvlarning o'yinoldi tafsilotlari bilan qisqacha tanishtirib o'tadi. Demak, bizda bundesliga 22-tur uchrashuvlari prevyusi.
Avvalo, tur doirasidan o'rin olgan bahslarda qaysi jamoalar o'zaro to'qnash kelishlari bilan tanishib oling:
22.02 00:30 da Shalke 04 - : - Maync 05
22.02 19:30 da Frayburg - : - Augsburg
22.02 19:30 da Borussiya M - : - Xoffenxaym
22.02 19:30 da Shtutgart - : - Gerta Berlin
22.02 19:30 da Gamburg - : - Borussiya D
22.02 19:30 da Nyurnberg - : - Ayntraxt B
22.02 22:30 da Volfsburg - : - Bayer Leverkuzen
23.02 19:30 da Ayntraxt F - : - Verder Bremen
23.02 21:30 da Gannover 96 - : - Bavariya
Endi esa uchrashuvlarga qisqacha to'xtalib o'tamiz:
"Shalke 04" – "Maync"
Boshlanish vaqti: 22.02.2014 (00:30)
Stadion: Veltins-Arena, Gelzenkirxen
Turning dastlabki uchrashuvi Gelzenkirxen shahrida joylashgan muxtasham Velitns-Arenada bo'lib o'tadi. Unda mezbon "Shalke 04" ko'rsatayotgan ajoyib o'yinlari orqali muxlislarini shod etayotgan "Maync"ni qabul qiladi. Ushbu uchrashuvga bo'lgan e'tibor ancha yuqori. Boisi har ikki jamoa ham o'z oldiga ulkan maqsadlarni qo'ygan va bu yo'lda faqat olg'a qadam tashlab bormoqda. Mezbonlar hisobida 40 ochko mavjud va ular turnir jadvalining to'rtinchi pog'onasini band etib turishibdi. "Maync"da ham ishlar yomon emas. Bu jamoa o'tkazilgan 21 turdan so'ng 33 ochko bilan ettinchi o'rinda bormoqda. Gelzenkirxenliklar uchun minimum vazifa – medallardan birini qo'lga kiritish. Ammo bugungi raqib - "Maync" ham anoyilardan emas. Jamoa mavsum yakunida Evrokuboklarda ishtirok etish imkonini beruvchi o'rinlardan birini egallashni maqsad qilgan. Shu kabi omillarni inobatga olgan holda aytishimiz mumkinki, oldinda bizni o'ta murosasiz bahs kutib turibdi. Chunki ochko har ikki jamoa uchun ham suv va havodek zarur. Ayniqsa, mezbonlar uchrashuvda faqat uch ochko qo'lga kiritish uchun maydonga chiqishlariga shubxa yo'q. Ular mazkur bellashuvda g'alaba qozonish orqali turnir jadvalidagi o'rinlarini yanada yaxshilab olish imkoniga ega bo'lishadi. Ikkinchi o'rinda borayotgan "Bayer" bilan o'rtadagi farq bor-yo'g'i uch ochkoni tashkil etadi. Agar hammasi kutilganidek ketadigan bo'lsa, "Shalke 04" xatto ikkinchi pog'onaga ko'tarilib olishi ham mumkin. Shu boisdan gelzenkirxenliklar uchrashuvga jangovor ruhda chiqib kelishadi. Ammo uch ochko qo'lga kiritish uchun qattiq ter to'kishga to'g'ri keladi. Ko'ramiz, "Shalke 04" bu ishni uddalay olarmikan…
"SA" taxmini: "Shalke 04" 60%-40% "Maync"
"Frayburg" – "Augsburg"
Boshlanish vaqti: 22.02.2014 (19:30)
Stadion: MAGE SOLAR Shtadion, Frayburg
Ushbu turda bo'lib o'tadigan o'yinlar orasida unchalik katta qiziqishga sabab bo'lmayotgan matchlardan biri Frayburgda o'tkaziladi. "Frayburg" – "Augsburg" jamoalari to'qnashuviga muxlislar e'tibori chindan pastdek, nazarimizda. Boisi jamoalar nursiz o'yin namoyish etishmoqda. To'g'ri, bir qarashda "Augsburg"da hamma ishlar o'z joyidadek. Jamoa 30 ochko to'plagan holda to'qqizinchi o'rinni egallab turibdi. Ammo augsburgliklar baribir o'rtamiyona jamoalardan biri ekanliklarini ko'rsatib qo'yishmoqda. Muhim bahslarda boy berilayotgan ochkolar sekin-asta o'z ahamiyatini ko'rsata boshlamoqda. Turnir jadvali yuqori pog'onalaridan joy olib kelgan jamoa asta-sekinlik bilan pastga tomon sho'ng'ib bormoqda. Bizningcha, ushbu klubga muqobillik yetishmayapti. "Frayburg" haqida esa biror bir tayinli gap aytish mushkul. Jamoa bundesligani tark etish xavfi ostida turgan klublar ro'yxatidagi o'rnini hech kimga bermoqchi emas. Ushbu klub bor-yo'g'i 18 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'lgan, xolos. Shu boisdan frayburgliklarning 16 pog'onada borishayotgani kishini hayron qoldirmaydi. Kuzatamiz, ushbu ikki jamoa to'qnashuvida kimning omadi kuladi va muhim uch ochkoga ega chiqadi.
"SA" taxmini: "Frayburg" 45%-55% "Augsburg"
"Borussiya M" – "Xoffenxaym"
Boshlanish vaqti: 22.02.2014 (19:30)
Stadion: Borussiya-Park, Myonxengladbax
Bu turda "Xoffenxaym" Borussiya-Parkda turnir jadvali yetakchilaridan biri bo'lmish Myonxengladbaxning “Borussiya“ jamoasi mexmoni bo'ladi. Zinsxaymlik futbolchilar jami 25 ochko to'plagan holda o'ninchi pog'onani band etib turishibdi. “Borussiya“ hisobida esa 34 ochko mavjud va myonxengladbaxliklar turnir jadvalining oltinchi pog'onasidan joy olishgan. Ko'rinib turibdiki, mezbonlar biroz ustun. Lekin uchrashuv mxemonlari ham bu bahsga jiddiy tayyorgarlik olib borishdi. Ular uchun ochko qo'lga kiritilishining naqadar muhim ekanini xisobga olsak, uchrashuvni anchagina qiziq o'tishini taxmin qilishimiz mumkin bo'ladi. Ammo myonxengladbaxlik futbolchilar ham faqat va faqat uch ochko uchun maydonda to'p tepadilar. Chunki jamoa borgan sari turnir jadvalidagi o'rnidan pastga tomon sho'ng'ib bormoqda. Agar "Borussiya" shu yo'sinda davom etsa, mavsum yakunida xalqaro turnirlarda qatnashish imkonidan ham ayrilib qolishi mumkin. Ikkinchi davrani juda sust boshlagan gladbaxlik futbolchilar uchun mazkur bahsda g'alaba qozonish juda muhim. Qolaversa, jamoa o'z uyida, o'z muxlislari qarshisida o'ynaydi. "Borussiya" Myonxengladbaxga jonajon devorlar yordam berarmikan, jamoa ketma-ket muvaffaqiyatsizliklardan so'ng nihoyat ijobiy natija qo'lga kirita olarmikan… Ushbu savollarga yaqin vaqt ichida javob topish imkoniga ega bo'lamiz.
"SA" taxmini: "Borussiya M" 60%-40% "Xoffenxaym"
"Shtutgart" – "Gerta" Berlin
Boshlanish vaqti: 22.02.2014 (19:30)
Stadion: Mersedes – Benc Arena, Shtutgart
Turning qiziq o'tishi kutilayotgan bahslaridan yana biri Shtutgartda, Germaniyaning eng ko'rkam stadionlaridan biri sanaluvchi Mersedes – Benc Arenada bo'lib o'tadi. "Shtutgart" bu safar yetakchilar qatorida borayotgan "Gerta"ni qabul qiladi. Ko'pchilik futbol muxlis va mutaxassislari ushbu uchrashuvda mexmonlarning g'alaba qozonishlarini taxmin qilishmoqda. Boisi poytaxtlik futbolchilarining o'yinlari turdan-turga ochilib bormoqda. Buni ularning 31 ochko bilan sakkizinchi o'rinda borayotganliklari ham ko'rsatib turibdi. Ammo "Shtutgart"da barchasi aksincha ko'rinish olgan. Bundesliga grandlari qatorida etirof etiluvchi klubning namoyish etayotgan o'yin sifati borgan sari yomonlashib bormoqda va bu natijada o'z aksini topmoqda. Shu inobatga olinib uchrashuvda "Gerta" favorit deb sanalmoqda. Ko'ramiz, taxminlar o'zini oqlaydimi yoki shtutgartliklar bu kabi gap-so'zlarga chek qo'yishadimi …
"SA" taxmini: "Shtutgart" 50%-50% "Gerta" Berlin
"Gamburg" – "Borussiya" Dortmund
Boshlanish vaqti: 22.02.2014 (19:30)
Stadion: Imtex-Arena, Gamburg
Bu turda "Gamburg" Imtex-Arenada turnir jadvali yetakchilaridan biri Dortmundning "Borussiya" jamoasiga qarshi bahs yuritadi. Germaniyaning eng yirik bandargoh shahri sharafini himoya qiluvchi "Gamburg" jami 16 ochko to'plagan holda o'n ettinchi pog'onani band etib turibdi. "Borussiya" hisobida esa 42 ochko mavjud va "sariq-qoralar" turnir jadvalining uchinchi pog'onasidan joy olishgan. Ko'rinib turibdiki, ustunlik mexmonlar tomonida. Lekin uchrashuv mezbonlari ham mazkur bahsga jiddiy tayyorgarlik olib borishdi. Ketma-ket muvaffaqiyatsizliklar tufayli jamoa ancha qiyin vaziyatga tushib qolgandi. Ammo klub rahbariyati ijobiy o'zgarishlar qilishga vada berdi va jamoada bir qator yangiliklar amalga oshirila boshlandi. Qolaversa, gamburgliklar o'z maydonlarida to'p surishlarini ham xisobga olsak, uchrashuvni anchagina qiziq o'tishini taxmin qilishimiz mumkin bo'ladi. Yurgen Klop shogirdlari har qanday holatda ham uch ochko uchun maydonga chiqishadi. Chunki ular jamg'argan ochkolar soni "Bayer"nikiga qaraganda bir ochkoga kam. Bu esa "sariq-qoralar" muxlislarini qoniqtirayotgani yo'q. Shu boisdan Klop shogirdlari ertaga bo'ladigan bahsda faqat g'alaba qozonishni maqsad qilishgan. "Bayer"ni quvib o'tish uchun "Gamburg"ni mag'lub etishga to'g'ri keladi. Ammo buni uddalash oson kechmasligi - aniq.
"SA" taxmini: "Gamburg" 40%-60% "Borussiya" Dortmund
"Nyurnberg" – "Ayntraxt" Braunshvayg
Boshlanish vaqti: 22.02.2014 (19:30)
Stadion: Grundig Shtadion, Nyurnberg
Tur doirasidan o'rin olgan o'yinlar orasida unchalik katta qiziqishga sabab bo'lmayotgan matchlardan biri Nyurnbergda o'tkaziladi. Unda mezbon - "Nyurnberg" Braunshvaygning "Ayntraxt" jamoasiga qarshi bahs yuritadi. Braunshvayglik futbolchilar hamon oxirgi o'rinni hech kimga bermay kelishmoqda. Bu jamoa hisobida bor-yo'g'i 15 ochko! mavjud. To'plar nisbati bo'yicha eng yomon ko'rsatkich ham aynan braunshavaygliklarga tegishli: - 24. "Nyurnberg"ning ahvoliga ham havas qilib bo'lmaydi. Nyurnbergliklar 21 turdan so'ng 20 ochko to'plagancha, 14 o'rinda borishmoqda. Bu jamoa aslida bundesliga o'rtamiyonalaridan biri sanaladi va amalda shunday ekanini isbotlamoqda ham. Birinchi davrada turnir jadvali so'nggi pog'onalarida borgan jamoa asta-sekinlik bilan xavfli zonadan uzoqlashib bormoqda. Ammo xotirjamlikka berilishga hali erta, nazarimizda. Boisi "Shtutgart" va "Verder" ham turnir jadvali ikkinchi qismidan uzoqlashish harakatini boshlab yuborishgan. Ko'rib turganingizdek, autsayderlar o'rtasida ham raqobat kuchayib bormoqda. Bugungi bahsda esa mezbonlarning g'alabasiga ko'pchilik shubxa qilmayapti. Lekin "Ayntraxt B"ga ham ochko suv va havodek zarur. Agar bu jamoa muxim ochkolarni yig'maydigan bo'lsa, yangi mavsumni ikkinchi bundesligada boshlashiga to'g'ri keladi. Shu sababdan braunshvaygliklardan ham nimanidir kutsak bo'ladi.
"SA" taxmini: "Nyurnberg" 60%-40% "Ayntraxt B"
"Volfsburg" – "Bayer" Leverkuzen
Boshlanish vaqti: 22.02.2014 (22:30)
Stadion: Folksvagen-Arena, Volfsburg
Turning markaziy uchrashuvi Volfsburg shahri ko'rkiga ko'rk qo'shib turgan, Germaniyadagi eng muxtasham o'yingohlardan biri sanaluvchi Folksvagen-Arenada bo'lib o'tadi. Unda "Volfsburg" turnir jadvalida ikkinchi pog'onani band etib turgan "Bayer"ga qarshi bahs olib boradi. "Bo'rilar" uchun mavsum ancha yaxshi kechmoqda. Ularning hisobida 36 ochko mavjud va "bo'rilar" musobaqa jadvalining beshinchi pog'onasini egallab turishibdi. Bir so'z bilan aytganda, ikki jamoaning ham ishlari kutilganidek yaxshi. Bu borada ayniqsa, Leverkuzen shahri bosh jamoasiga havas qilsa arziydi. Sami Xyupiya shogirdlari hech ham bo'shashishayotgani yo'q va ikkinchi pog'onadan tushishga chog'lanishmayapti. Dortmundning "Borussiya"si bilan kechayotgan kurashda faqat oldinga intilayotgan "dorishunoslar" bundesligada ketma-ket ijobiy natijalar qayd etishmoqda. Ammo "Bayer" muxlislarini biroz xafa qilgan holat – bu jamoaning CHLda qabul qilib olgan yirik mag'lubiyatidir. Shu holat Xyupiya jamoasining kayfiyatiga biroz ta’sir qilishi mumkin. Umuman olganda esa "Volfsburg" - "Bayer" to'qnashuvini juda ham murosasiz ruhda kechishini taxmin qila olamiz. Boisi mazkur jamoalar o'rtasidagi to'qnashuvlar har doim ham keskin kurashlarga boy tarzda o'tib kelgan. Umid qilamizki, bu safargi bahs ham bundan mustasno bo'lmaydi.
"SA" taxmini: "Volfsburg" 45%-55% "Bayer"
"Ayntraxt F" – "Verder"
Boshlanish vaqti: 23.02.2014 (19:30)
Stadion: Kommercbank-Arena, Frankfurt
Bremenning "Verder" jamoasi 22-turda "Ayntraxt" Frankfurt mexmoni bo'ladi. Musobaqa jadvalida egallab turgan o'rinlari bo'yicha qo'shni bo'lib turgan ikki jamoa bahsi ham qiziq o'tishi kutilmoqda. Har ikki jamoa hisobida 21 ochko bor va ular o'n ikkinchi va o'n uchinchi o'rinlarni bo'lishib olishgan. Demak, o'rtaga olti ochko maslalasi qo'yilgan va kim omadliroq bo'lsa ham uch ochkoga ega bo'ladi, ham asosiy raqobatchini uch ochkodan maxrum qiladi. Mazkur matchda ko'pchilik muxlis va mutaxassislar mezbonlarning g'alabasini taxmin qilishmoqda. Amalda ham shunday bo'lib chiqarmikan! Bunisini yaqin vaqt orasida bilib olamiz…
"SA" taxmini: "Ayntraxt F" 55%-45% "Verder"
"Gannover" – "Bavariya"
Boshlanish vaqti: 23.02.2014 (21:30)
Stadion: HDI Arena, Gannover
"Gannover" - "Bavariya" uchrashuvi bilan 22-tur bahslariga yakun yasaladi. Ushbu matchning ham qiziq o'tishi kutilmoqda. Ikki xil o'yin ko'rsatayotgan jamoalar bahsi ko'pchilikda qiziqish uyg'otgani bejiz emas. Zero, "Bavariya" yangidan-yangi rekordlar o'rnatishda davom etmoqda. "Gollivud FK" o'zining eng yaqin taqibchisi - "Bayer"dan 16 ochko ilgarilab ketgan. Shu paytga qadar bundesligada bunday natija qayd etilmagan edi. Qolaversa, mavsumning ikkinchi davrasiga kelib 21 tur o'tib bo'ldi ham-ki "Bavariya" hali biror marta bo'lsa-da mag'lubiyatga uchramadi. Myunxenliklarning bu turdagi raqibi "Gannover"da esa ishlar unchalik "silliq" kechayotgani yo'q. Quyi Saksoniyaliklar 24 ochko bilan o'n birinchi pog'onani band etib turishibdi. Musobaqa yetakchilaridan birining autsayderga qarshi bahsi qanday qilib qiziq o'tishi mumkin, dersiz… Ammo, aynan, o'sha yetakchining bu turda ham ochko olishning uddasidan chiqa olishi yoki buni uddalay olmasligi ko'pchilik muxlislar uchun qiziq-da! Shu boisdan ham biz sizga ushbu bahsni ham tomosha qilishni maslahat beramiz.
Mazkur turda bir qator natijalar yangilanishi va yangi rekordlar qayd etilishi mumkin:
* "Ayntraxt" Frankfurt futbolchisi Aleksander Mayer o'zining bundesligadagi yubiley – 200-o'yini arafasida turibdi. Futbolchi 2004 yildan buyon "Ayntraxt" safida to'p surib keladi va shu kungacha Germaniya bundesligasi doirasida 199 uchrashuvda maydonga tushib ulgurdi. E'tiborga molik jihati shundaki, Mayer so'nggi yillarga kelib ancha mazmunli o'yin namoyish etmoqda va jamoasining eng yetakchi futbolchilaridan biriga aylandi. U o'tgan mavsumda 16 bor raqiblar darvozasiga to'p kiritib, o'zining shaxsiy rekordini qayd etgandi. Bu amvsumda ham Mayer yaxshi o'ynamoqda. U besh marta gol urishga erishdi va jamoasining to'purari bo'lib turibdi.
* "Bavariya"ning biryo'la uch futbolchisi yubilyar bo'lish arafasida. Braziliyalik Dante "Gannover"ga qarshi kechadigan uchrashuvda maydonga chiqish orqali o'zining bundesligadagi 50-uchrashuvini o'tkazishi mumkin. Uning yana ikki jamoadoshlari – Mario Mandjukich va Mario Gyotce 100lik dovon qarshisida turishibdi.
* Bilasiz, "Borussiya-Park" Germaniyadagi eng ko'rkam futbol arenalaridan biri sanaladi. Aynan, ushbu o'yingohda mazkur tur doirasidan o'rin olgan "Borussiya M" - "Xoffenxaym" bahsida kichik yubiley nishonlanishi mumkin. Gap shundaki, "Borussiya-Park"da shu paytga qadar 398 marta gol kiritilgan ekan. Agar ertaga jamoalar ikki bor to'p kiritishning uddasidan chiqishsa, "Borussiya-Park" 400 gollik dovondan o'tgan arenalardan biriga aylanadi.
* Manuel Noyer "Bavariya" uchun juda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan, ushbu darvozabon maydonga tushgan o'yinlarda myunxenliklar ishonchliroq o'yin namoyish etishlari – hammamizga ayon. Bilasizmi, Noyer maydonga chiqqan so'nggi 43 o'yinning birortasida "Gollivud FK" mag'lubiyatga uchramabdi. Agar Noyer ertangi bahsda maydonga chiqsa va Myunxen super-klubi navbatdagi g'alabasini tantana qilsa, darvozabon jamoadoshi, hozirda jarohati bois o'ynay olmayotgan Frank Riberining natijasini yangilash imkoniga ega bo'ladi. Frank o'ynagan 44 uchrashuvda "Bavariya" yutqazmagan. Demak, Noyer ham Riberiga tenglashib olishga yaqin turibdi. Bu yo'lda unga omad tilaymiz.
Musobaqa to'purarlari:
To'purarlar bahsi ham turdan-turga qizib bormoqda. "Gerta" hujumchisi Adrian Ramos o'tgan turda gol ura olmadi. Bu esa Robert Levandovskiga juda qo'l keldi va u Ramosga tenglashib olish imkoniyatidan unumli foydalanadi. Endi to'purarlar bahsida qo'sh hokimiyat paydo bo'ldi, deb aytsak xato bo'lmas. Chunki Levandovskining ham, Ramosning ham hisobida 14 tadan gol mavjud. Qolaversa, Obameyang va Mandjukich kabi futbolchilar ham turdan-turga hisobidagi gollar sonini oshirib borishmoqda. Sekin-asta qizib borayotgan ushbu kichik bahsda omad oxir-oqibat qaysi futbolchiga kulib boqar ekan. Kuzatishda davom etamiz…
Musobaqa jadvali esa bugunga kelib quyidagicha ko'rinish olgan:
Guvohi bo'lganingizdek, 22-tur ham qiziqarli va murosasiz o'tishi kutilayotgan uchrashuvlarga boy. Bizningcha, ushbu uchrashuvlarni tomosha qilib aslo ketkazgan vaqtingizga achinmaysiz. "SA" sizni har doim bundesligaga oid "qaynoq" xabar va ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Bundesligani tomosha qiling! Bundesligaga muxlislik qiling!
Zoxirjon AKRAMXONOV tayyorladi

# | O'yinchi | Jamoa | Gollar |
1 | Robert Levandovski | Borussiya Dortmund | 14 |
2 | Adrian Ramos | Gerta Berlin | 14 |
3 | Pier-Emerik Obameyang | Borussiya Dortmund | 13 |
4 | Mario Mandjukich | Bavariya Myunxen | 12 |
5 | Yosip Drmich | Nyurnberg | 11 |
6 | Roberto Firmino | Xoffenxaym | 10 |
7 | Vedad Ibishevich | Shtutgart | 10 |
8 | Shtefan Kisling | Bayer L | 10 |
Musobaqa jadvali esa bugunga kelib quyidagicha ko'rinish olgan:
# | Jamoa | O' | YU | D | M | T-N | Och |
1 | Bavariya | 21 | 19 | 2 | 0 | 48 | 59 |
2 | Bayer | 21 | 14 | 1 | 6 | 16 | 43 |
3 | Borussiya D | 21 | 13 | 3 | 5 | 27 | 42 |
4 | Shalke 04 | 21 | 12 | 4 | 5 | 11 | 40 |
5 | Volfsburg | 21 | 11 | 3 | 7 | 10 | 36 |
6 | Borussiya M | 21 | 10 | 4 | 7 | 11 | 34 |
7 | Maync 05 | 21 | 10 | 3 | 8 | -4 | 33 |
8 | Gerta Berlin | 21 | 9 | 4 | 8 | 6 | 31 |
9 | Augsburg | 21 | 9 | 4 | 8 | 0 | 31 |
10 | Xoffenxaym | 21 | 6 | 7 | 8 | 0 | 25 |
11 | Gannover 96 | 21 | 7 | 3 | 11 | -8 | 24 |
12 | Ayntraxt F | 21 | 5 | 6 | 10 | -14 | 21 |
13 | Verder Bremen | 21 | 5 | 6 | 10 | -21 | 21 |
14 | Nyurnberg | 21 | 3 | 11 | 7 | -11 | 20 |
15 | Shtutgart | 21 | 5 | 4 | 12 | -11 | 19 |
16 | Frayburg | 21 | 4 | 6 | 11 | -20 | 18 |
17 | Gamburg | 21 | 4 | 4 | 13 | -16 | 16 |
18 | Ayntraxt B | 21 | 4 | 3 | 14 | -24 | 15 |