“Gent” Shomurodovni 5 mln evroga sotib olmoqchi bo'ldi, ammo “Rostov” bunga rozi bo'lmadi

Eldor Akmurzayev
9 iyul 2020, 20:14
Belgiya klubining Eldor Shomurodov borasida “Rostov”ga yuborgan so'rovining moliyaviy tafsilotlari ma'lum bo'ldi, deya xabar beradi Sport24.

Manbada keltirilishicha, “Gent” o'zbekistonlik forvardning transferi uchun 5 mln evro taklif qilgan. Kelishuv amalga oshsa, “Rostov” 2 mln evroni darhol qo'lga kiritib, keyingi yil 1,5 va 2 yildan so'ng yana 1,5 mln evroga ega chiqardi.

Shomurodov 2017 yilning yozida “Bunyodkor”dan 300 ming evro evaziga rostovliklar safiga kelib qo'shilgan. U joriy mavsum RPLda 25 ta bahs o'tkazib, 11+6 natijaga erishdi. 25 yoshli hujumchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24