Genrix Mxitaryan: "Kichik jarohat bor edi, shuning uchun tavakkal qilmadik"

Tolibjon Qosimov
29 mar 2017, 21:19
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan nima uchun "Midlsbro" bilan o'yinda zaxirada qolganini aytib o'tdi.

"Menda kichik jarohat bor edi va "Boro" bilan o'ynay olmasdim. Lekin, shunga qaramay zaxira o'rindig'idan joy oldim. Hozir esa hammasi yaxshi va o'zimni ajoyib his qilyapman. Jaroat katta emasdi, biz murabbiylar bilan gaplashdik va sog'lig'im bilan tavakkal qilmaslikka qaror qildik", - deydi Mxitaryan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net