Geynrix va Kapadze Antaliyada

Narzulla Saydullayev
7 yanv 2014, 17:27
Qozog'iston chempioni "Aktobe" klubi ilk xorijiy yig'inni boshladi.
Ikki nafar hamyurtimiz Aleksandr Geynrix va Temur Kapadze "Aktobe" safiga borib qo'shildi. O'zbekistonlik futbolchilar jamoadoshlari bilan birga mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda.

"Aktobe" ushbu yig'inda "Moji Mirim" (Braziliya, 1 Liga), "Geongnam" (Koreya, K-liga), "Neftchi" (Boku, Ozarboyjon), "Volin" (Luck, Ukraina) klublariga qarshi nazorat uchrashuvlarini o'tkazadi. Yana bir raqib nomi endi ma'lum bo'ladi.

Ushbu yig'in 22 yanvar kuni tugaydi. Jamoa bir hafta dam oladi va yana Turkiyaga boradi.
Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia