Gattuzo: “Inter” “Milan”dan ko'ra g'alabaga haqli edi

22 okt 2018, 08:00
Milanliklar ustozi derbidan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Inter” bizga qaragandan g'alabaga haqli o'ynadi. Agar o'yinda 0:0 hisob qayd etilganida, bu biz uchun ijobiy yakun desa bo'lardi. Bugun o'zimiz o'ynashni istamaydigan jismoniy futbol o'ynadik. Ammo yomon chiqmadi. Uzatmalarda yaxshi o'yin ko'rsatib, qarshi hujumga qochib ketishimiz mumkin edi. Mavsumning birorta o'yinida biz bugungidek, 90 daqiqa himoyada yaxshi harakat qilmagandik.Har qanday holatda ham “Inter” g'alabaga ko'proq haqli edi. Donarummaning xatosi? Men aybni bitta insonga yuklashni hech qachon istamayman”,-dedi Gattuzo.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia