Gattuzo bitta o'yinga diskvalifikaciya qilindi

Italiya futbol federatsiyasi "Milan" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzoni "Yuventus"ga qarshi kechgan Italiya Superkubogida qilgan agressiv xatti-harakati uchun jazoladi.

Ma'lum bo'lishicha, Gattuzo uchrashuv so'ngida hakamga tahdid qilgan va taqdirlash marosimida uni haqorat qilgan.

Natijada, "Milan" ustozi A Seriya 20-turidan o'rin olgan "Jenoa"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.

Shuningdek, diskvalifikaciya sababli Alessio Romanoli (sariq kartochka ko'pligi) va Frank Kesse (qizil kartochka) kabi "Milan"ning asosiy futbolchilari 21 yanvar kuni "Luiji Ferraris" o'yingohida bo'lib o'tadigan o'yinda qatnasha olishmaydi.  

"Rossoneri"lar A Seriyada 31 ochko jamg'argan holda 5-pog'onada borishmoqda. 19 uchrashuvdan so'ng, Gattuzo shogirdlarida 8ta g'alaba, 7ta durang va 4ta mag'lubiyat qayd etildi.


Manba: Football Italia