Gasperini "Atalanta" qachon skudettoga davogarlik qilishini aytdi

Mirjalol Normatov
5 dek 2021, 14:52
"Atalanta" bosh murabbiyi Jan-Pero Gasperini "Napoli" mag'lub etilganidan keyin A Seriya chempionligi haqida gapirdi.

Ayni damda "Atalanta" A Seriya turnir jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi.

"Bilaman, odamlar buni ko'p gapirishadi. Biroq hayotga real qarasak, biz hali A Seriyada peshqadam bo'lmadik. Umuman! Agarda shu kun kelsa, bemalol biz skudettoga davogarmiz deya olaman.

"Inter" birinchi o'rinda bo'ldi, "Napoli", "Milan"... Biz esa maksimum 2-o'rinda bir necha tur yura oldik holos. Biroq biror marta peshqadam bo'lmadik. Xo'sh, shunday jamoa chempionlik uchun kurasha oladimi?

Yo'q, men kelajakni inkor qilmoqchi emasman, shunchaki o'tmishni fakt qilib keltiryapman. Birinchi o'rindagi jamoadan 4 ochkoga ortdamiz. O'yinlar ko'pligini inobatga olsak, hali barchasi bo'lishi mumkin", - dedi Gasperini.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport