Gari Nevill: "Manchester Siti" bilan bahsda "Chelsi" futbolchilari manekenlarga o'xshab qolishdi"

Aslanov Jasurbek
5 mar 2018, 16:18
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi, hozirda televideniyada ekspert sifatida faoliyati yuritayotgan Gari Nevill "Chelsi"ning "Manchester Siti"ga qarshi bahsdagi o'yinini (0:1) tanqid qildi.

"Chelsi" o'zini botirlarcha tutmadi. Yildan-yilga o'z darvozasi oldida o'ynashga majbur bo'layotgan ko'plab jamoalarni ko'ryapmiz, chunki raqib ancha kuchliroq. "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda "Nyukasl"ni tanqid qildim, ammo "Chelsi" undan ham yomon ko'rindi. Premer-ligada bunday o'ynab bo'lmaydi. Bu futbolchilar yoki raqibning formasiga bog'liq emas. Shunday o'yin ularning rejasi edi.

"Chelsi" "Manchester Siti" o'ynayotgan futbolni kuzatdi. Ular manekenlarga o'xshab qolishdi. Bunga qarash og'ir edi. Konte futbolchilarga baqirdi, ammo aynan kimga ekanligini bilmayman. Bu "Chelsi"ning har qaysi futbolchisiga qaratilgan bo'lishi mumkin" - deydi Nevill.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail