Gari Nevill AQSHda dam olgan Reshford va Kazemironi tanqid qildi

Sherzod Nurmatov
21 noya 2024, 19:50
MYU sobiq futbolchilari Gari Nevill va Pol Skoulz jamoaning hozirgi futbolchilari haqida to'xtalib o'tdi.

Gari Nevill bu tanaffusda AQSHda hordiq chiqargan Reshford va Kazemiro haqida:

"Sizda 4 kunlik dam olish bo'lsa-yu, lekin jamoa yomon o'yin ko'rsatayotgan va yangi murabbiy kelgan payt 12 soat jetlag uchish maqsadga muvofiqmi?

Bu futbolda maqbul bo'lib qoldimi? Oxirgi o'yinimga 15 yil bo'ldi: jamoadoshlarimdan kimdir shunday qilsa, unga shunday savol berardim: "Ular yaqinda o'yinimiz borligini bilishadimi o'zi?"

Pol Skoulz uning fikrlariga qo'shildi:

"Reshford ham mavsumni unchalik yaxshi boshlagani yo'q. Premer-ligada 14-o'rindamiz, bizda katta muammolar bor. Menimcha, bunday sharoitda hech birimiz (sobiq o'yinchilar) Shtatlarda ko'rinish bermasdi".

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com