Gari Kexill: “Chelsi”ni taniy olmayapman, bu juda daxshatli

“Aristokratlar” a'zosi klubning hozirgi ahvoli haqida gapirib o'tdi.

“Konte tomonidan qanday qaror qabul qilinmasin, u bo'yicha javobgarlikni futbolchilar bo'ynilariga olishi lozim. Murabbiy jamoa uchun juda katta hajmdagi ishni bajardi. O'zimni rasvo his qilyapman. “Chelsi”ni esa taniy olmayapman. Bu esa daxshat”, - deydi Gari.

Eslatib o'tamiz, “Chelsi” kecha APLning navbatdagi turida “Uotford” maydonida bir kishi kam bo'lib o'ynab 1:4 hisobida mag'lub bo'lgan edi.


Manba: Sportsmole