Garet Sautgeyt: Angliyada top-o'yinchilar yo'q...

Narzulla Saydullayev
8 okt 2017, 13:16
Angliya bosh murabbiyi Garet Sautgeyt jamoasida top-o'yinchilar yo'qligi haqidagi savollarga javob berdi.

Biz futbolchilarni YCHLdagi ishtiroki yoki transfer narxiga qarab top-o'yinchi deymiz. Men esa musobaqa yarim finallariga chiqsa yoki chempion bo'lsa shunday hisoblayman.

Ayni paytda top-o'yinchilar – Pike, Ramos, Buskets, Kroos, Xedira, Noyer… Ro'yxatni davom ettirish mumkin. Mana ular yuqori darajadagi futbolchilar.

Biz esa pullar va brendlar orqali APLni ko'z ko'z qilamiz, ammo kuchli ekanligimizni isbotlashimiz kerak. Ok, muammosiz – bu futbolchilar shuni isbotlash o'tida yonishmoqda, – deydi Sautgeyt.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com