Garet Sautgeyt Angliya terma jamoasidagi kelajagiga oydinlik kiritdi

Iskandarov Abdulaziz
15 iyul 2024, 08:25
Angliya terma jamoasi bugun tunda Yevropa chempionati finalida Ispaniyaga engildi. Ingilizlar ustozi Garet Sautgeyt terma jamoadagi kelajagi haqida quyidagicha fikr bildirdi.

"Menimcha, hozir bu qarorni qabul qilish vaqti emas. Men bu borada kerakli odamlar bilan gaplashaman. Angliya terma jamoasining tajribasi va yoshi jihatdan juda yaxshi holatda. Bu jamoaning aksariyati nafaqat keyingi Jahon, balki Yevropa chempionatida ham ishtirok etadi. Bu jamoadan ko'p narsa kutish mumkin. Lekin mazkur omil tasalli bermaydi",- deydi Sautgeyt. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: UEFA