Garet Beyl Uelsda ketma-ket to'rtinchi marta yil futbolchisi bo'ldi

Tolibjon Qosimov
9 noya 2016, 11:11
"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl Uelsda ketma-ket to'rtinchi, oxirgi 7 yilda esa oltinchi marta yil futbolchisi deb topildi.
Bu haqda Uels futbol Federatsiyasining tvittyerdagi rasmiy sahifasida ma'lum qilindi. 2016 yilda Beyl "Real" bilan YCHLni yutdi, Uels terma jamoasiga esa Evro-2016ning yarim finalga chiqishiga katta hissa qo'shdi.

"Uelsda yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lish - faxr. Bu yil ajoyib o'tdi. Hammaga katta rahmat", - deb yozdi Beyl o'zining "Instagram" sahifasida.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: instagram.com/garethbale11