Garet Beyl PES2016 - Euro 2016 o'yinining yuziga aylanadi

Aslanov Jasurbek
10 mar 2016
Joriy yilning 10 iyunidan 10 iyuligacha Fransiyada Evro-2016 turniri bo'lib o'tadi.

KONAMI kompaniyasi ushbu musobaqa uchun PES2016 futbol simulyatorining maxsus sonini - PES2016 Euro 2016 taqdim etishadi.

101greatgoals.com tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, turnir uchun atalgan o'yinning muqovasida Uels terma jamoasi yarim himoyachisi Garet Beyl bo'ladi.

Yevropa chempionatiga asos solingandan beri Uels terma jamoasi ilk marotaba ushbu musobaqada ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia