Garet Beyl Tottenxemga yuqori to'rtlikka kirishga yordam beradi

9 iyul 2013, 12:19
"Tottenxem" yulduzi Garet Beyl jamoasini keyingi mavsumda chempionlar ligasiga qaytarish haqida o'ylayapti, deya xabar beradi Sky Sports.

Uelslik qanot yarim himoyachisini “Real” sotib olishi mumkinligi butun yoz davomida muhokama qilindi – ammo ispanlar rasmiy taklif bilan chiqishmadi.

"Men o'tgan mavsumdan ko'ra yaxshiroq o'ynashga umid qilaman, mavsumdan mavsumga o'yinimni yaxshilashni va yaxshiroq futbolchi bo'lishni xohlayman, hozir men ko'proq tajribaga egaman”, - dedi futbolchi Sky Sports ga.

"Men mashg'ulot maydonida ham, o'yinda ham ko'proq ishlashim va rivojlanishim hamda yaxshiroq futbolchi bo'lishimi kerak”.
O'tgan mavsumda “Tottenxem” yuqori to'rtlikdagi baxsda qo'shnilari “Arsenalga”imkoniyatini boy berishdi, ammo Beyl kelasi mavsumda yaxshiroq o'ynashga bel bog'lagan.

“Menimcha klubdagi har bir futbolchi yuqori to'rtlikka kirishni xohlaydi, va biz ushbu mavsumda yaxshiroq o'ynab yuqori to'rtlikka kirishimiz kerak”.


Manba: skysports.com