Gap puldamas...

Omonjon To`xtamirzayev
23 may 2022, 15:05
Shanba, 21 may, kuni hujumchi Kilian Mbappe PSJ qolishga qaror qilgani rasman e'lon qilindi.

23 yoshli futbolchi Parij klubi bilan 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Avvalroq futbolchi Madridning "Real" klubiga o'tishi haqida aytilgandi, lekin o'yinchi "qaymorqanglilar" taklifini rad etdi. Ibai Llanos jurnalistlari nega Kilian "Santyago Bernabeu"ga ko'chib o'tishni istamaganining asl sababini aniqlashga urinib ko'rishdi. Aytilishcha, Mbappe "Real"ning Yevropa Chempionlar Ligasidan chetlatilishidan havotir olgani sabab bo'lgan. OAVda madridliklar Yevropa Superligasi loyihasi tufayli jazolanishlari mumkinligi haqida aytilgandi.

Barcha faktorlarni tarozining ikki pallasiga qo'yib ko'rib, fransiyalik tavakkal qilmaslikka va Parijda qolishga qaror qilgan. 


La Liga ishqibozlari uchun ushbu telegram-kanalni tavsiya qilamiz.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia