

Davron Fayziev boshqaruvidagi “So'g'diyona” mashg'ulotlarida yangilardan Temur G'aniev bilan Timur Kagirov ishtirok eta boshladi. Ma'lumki darvozabon G'aniev o'tgan mavsum “Olmaliq” sharafini himoya qilgandi. Jami 5ta uchrashuvda xarakat qilib, o'z darvozasidan 6ta gol o'tkazib yuborgandi.
Himoyachi Timur Kagirov esa mavsum-2015ni “Navbahor”da boshlab, keyinchalik davralar oralig'ida “Oq-tepa” tarkibidan joy oldi.
Ayni damda ushbu ikki futbolchining ham ko'rikdan o'tayotganini takidlash lozim.



