Gamshik Maradona rekordini yangilamoqchi

Tolibjon Qosimov
3 okt 2017, 21:57
"Napoli" yarim himoyachisi Marek Gamshik Diego Maradonaning Neapol jamoasi tarkibida ko'p gol urish borasidagi rekordini yangilamoqchi ekanligini aytib o'tdi.

"Haqiqatdan ham Diegoning rekordini yangilamoqchiman. Lekin, jamoa natijasi muhimroq. "Napoli"ning 7 o'yinda 7 g'alabani qo'lga kiritgani ajoyib. Mavsum uzoq davom etadi, lekin bizda o'zimizga ishonch bor. Bu men qachondir o'ynagan jamoalar orasida eng kuchlisi", - deb aytib o'tdi Gamshik.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Daily Mail