Gamshik bugun "Napoli"ning 20 yillik rekordini yangilashi mumkin

Aslanov Jasurbek
6 noya 2018, 15:01
"Napoli" yarim himoyachisi Marek Gamshik PSJga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasining 4-tur o'yinida o'z klubining 20 yillik rekordini yangilashi mumkin.

Ayni damda slovakiyalik futbolchi "Napoli" safida 511ta uchrashuvda maydonga tushdi. Agar Gamshik bugun ham uchrashuvda ishtirok etsa, u Italiya klubi tarixi rekordchisiga aylanadi. 1972-1988 yillarda neapolliklar sharafini himoya qilgan Juzeppe Bruskolotti hisobida ham shuncha o'yin mavjud.

Gamshik o'tgna mavsum klub tarixidagi to'purarga aylandi. Hozir uning hisobida 120ta gol bor.

"Napoli" - PSJ uchrashuvui 7 noyabrga o'tar kechasi 01:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com