Gameyro "Lester"ga qarshi o'ynamasligi mumkin

Aslanov Jasurbek
11 apr 2017
"Atletiko" hujumchisi Kevin Gameyro avvalgidek jarohatini davolamoqda.

Futbolchi "Real"ga qarshi LaLiganing 31-tur uchrashuvini (1:1) o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan edi va taxminlarga ko'ra, "Lester Siti"ga qarshi Chempionlar ligasining ilk chorak final o'yinida ham maydonga tusha olmaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Gameyro "Atletiko"ning bugungi mashg'ulotini o'tkazib yubordi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com