"Gamburg" "Everton" hujumchisi Elavichga qiziqib qoldi

Tolibjon Qosimov
22 iyul 2013, 17:55
"Everton"ning xorvatiyalik hujumchisi Nikica Elavich "Gamburg" qiziqishlari doirasiga kirib qoldi, bu haqda Germaniya klubi direktori Oliver Kroycer aytib o'tdi.
"Elavich bizni jamoaga to'g'ri keladi. U juda xavfli hujumchi. Eshitishimcha "Everton"ning yangi bosh murabbiyi uni sotib yubormoqchi. Biroq biz futbolchini sotib olish uchun moliyaviy imkoniyatimiz etadimi yoki yo'qmi bilishimiz kerak. Agar biz bir nechta futbolchini sota olsak uni ijaraga olishimiz yoki transfer pulini bo'lib-bo'lib to'lashimiz mumkin", - deydi Kroycer nemis matbuotiga.

O'tgan mavumda 27 yoshli Elavich Angliya premer ligasida 37 ta o'yinda maydonga tushgan va 7ta gol urgan. Futbolchining transfer narxi 7 million evroga baholanmoqda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com