

Jamoalar 14 fevral kuni o'zaro bahs olib boradi.
Messi chorshanba kuni "Marsel"ga qarshi Fransiya Kubogi 1/8 finali doirasidagi bahsda jarohat oldi. Argentinalik futbolchi Fransiya chempionatida "Monako"ga qarshi bo'lajak o'yinni o'tkazib yuboradi.
"Leo mushaklari charchchaganini his qildi, u dushanba kuni mashg'ulotlarni davom ettiradi. "Bavariya" bilan o'yinda o'ynashi so'roq ostida emas", – dedi Galte matbuot anjumanida.
35 yoshli Messi 2022/23 yilgi mavsum Liga 1'da 10 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



