

"Bizni to'psiz qoldirgan jamoaga qarshi qiyin o'yin o'tkazdik. Buni kutgandik. Dastlab chuqur himoyalandik, chunki ularning yuqori pressing qilishini kutgandik. Shunday ham bo'ldi.
Uchrashuvning so'nggi 25-30 daqiqasida tezkor va jozibali o'yin namoyish etdik. Bunga Kilian, Neymar va Leo Messi katta hissa qo'shdi. Ikki-uchta xavfli vaziyatlar bo'ldi, afsuski, bu etarli emasdi.
So'nggi 25 daqiqada ko'rsatgan o'yinimiz "Bavariya" ustidan g'alaba qozonish uchun umid bermoqda. Umid qilamanki, 3 hafta ichidi tiklanib olamiz va futbolchilar yaxshi holatda bo'lishadi. Buni kiyinish xonasida ham aytib o'tdim", – dedi Galte.
Javob o'yini 8 martdan 9 martga o'tar kechasi Myunxenda bo'lib o'tadi.



