Galickiy RPL translyatsiyasi pullik qilish haqida: "Tekin narsalarni hech kim hech qachon qadrlamagan"

Omonjon To`xtamirzayev
6 okt 2021, 14:21
"Krasnodar" futbol klubi egasi hisoblangan Sergey Galickiy RPL uchrashuvlarining pullik translyatsiya qilinishiga munosabatini bildirdi.

Odamlar jamoamizning o'yinlarini TV yoki internet orqali tomosha qilish uchun pul to'lashi kerakmi?

Agar biz sifatli futbol tomosha qilmoqchi bo'lsak va feyr-pleyga ham amal qilishni istasak... Agar feyr-pley bo'lmaganida, umuman olganda, bu shunchaki mening istagim – zararga bo'lsada ishlashga tayyorman.

Stadionga kelib, o'yinni tribunadan tomosha qilganlar ma'lum miqdorda pul to'lab, o'sha uchrashuvni televizordan ko'rganlar – hech nima to'lamasa, bu qaysidir manoda dissonans.

Umuman olganda bu bozor va biz barchamiz uning ishtirokchilarimiz. Tekin narsalarni hech kim hech qachon qadrlamagan - hozir shunga o'xshash vaziyat yuzaga kelgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru