

Insayder Fabricio Romano ma'lumotlariga ko'ra, turk klubi hujumchi uchun 50 million evro va yana 5 million evro bonus sifatida taklif qildi, ammo neapolliklar ko'proq summa talab qilmoqda. Shunga qaramay Osimxen "Galatasaroy" bilan 2028 yilgacha bo'lgan shartnomani kelishib oldi.
Shuningdek, nigeriyalik futbolchini imzolashga "Al Hilol" ham qiziqish bildirmoqda va ular o'yinchi uchun 75 million evro to'lashga tayyor, lekin Osimxen buni xohlamayapti.
Osimxen o'tgan mavsum "Galatasaroy"da ijara asosida o'ynadi – Turkiya chempionatida 30 o'yinda 26 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.



