"Galatasaroy" g'alaba qozonib, vaqtincha kuchli to'rtlikka qaytdi

2 noya 2019, 01:53
Turkiya Superligasining 10-tur uchrashuvlariga start berildi.

Mazkur tur boshlanishidan oldin 7-o'rinda kelayotgan Istambulning "Galatasaroy" klubi "Rizespor"(2:0) ustidan qozonilgan g'alabadan keyin vaqtincha muddatga 4-o'ringa ko'tarildi. Uchrashuvda hisob avtogol sabab ochilgan bo'lsa, amaldagi chempionning keyingi golini Rayan Babel penaltidan kiritdi.

Eslatib o'tamiz, Turkiya chempionatining joriy mavsumida "Alanyaspor" klubi kutilmagan ravishda yetakchilik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/GalatasaraySK