"Galatasaroy" bosh murabbiyi: "Bryugge"ning xavfli hujumchilari bor, ehtiyot bo'lishimiz kerak"

18 sen 2019, 19:25
"Galatasaroy" ustozi Fotix Terim YCHL 1-turidan joy olgan "Bryugge"ga qarshi bahs oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bryugge" mavsum avvalida Simon Minole ("Liverpul" sobiq posboni) bilan shartnoma imzoladi. Bu jamoa yoshlar va tajribali futbolchilar bilan tashkil topgan deb aytish mumkin. Ularnin xavfli hujumchilari bor, shunday ekan biz bundan ehtiyot bo'lishimiz kerak. Ikkala jamoa ham deyarli o'xshash futbol madaniyatini ulashishadi. Biz ham belgiyaliklar kabi YCHLni g'alaba bilan boshlashni istayapmiz", - deydi Terim.

Eslatib o'tamiz, "Bryugge" - "Galatasaroy" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 21:55da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com