Gaytan "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin

Aziz Tukhtamuradov
27 may 2015
"Benfika" futbolchisi Nikolas Gaytan yaqin orada "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylanishi mumkin.
A Bola nashrining xabar qilishicha, 27 yoshli argentinalik futbolchining transferi 80-90 foizga hal qilingan. Ushbu transfer narxi 30 million evroga baholanmoqda.

Bu haqida 29 may kuni Portugaliya Ligasi kubogidan so'ng xabar qilinishi kutilmoqda.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru