G'ayrat Hasanov “Neftchi”dan ketgani yo'q

1 avg 2014, 17:28
Saytimizda tajribali darvozabon G'ayrat Hasanov “Neftchi”ni tark etgani haqida xabar chiqqandi.
Lekin ma'lum bo'lishicha, G'ayrat Hasanov va bosh murabbiy Murod Ismoilov o'rtasida biroz muammo yuzaga kelgan, ammo darvozabon klubdan ketgani yo'q.

U jamoadoshlari bilan ikkinchi davra bahslariga tayyorgarlik ko'rmoqda. “Neftchi” 14-tur doirasidan o'rin olgan uchrashuvni 3 avgustda o'z maydonida “Buxoro”ga qarshi o'tkazadi.

Manba: championat.asia