Gabriel Jezus "Arsenal"ga o'tishni yakunlash uchun bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi

Alisher
28 iyun 2022, 12:17
"Manchester Siti" hujumchisi Gabriel Jezus bugun "Arsenal"ga o'tishini yakunlash uchun tibbiy tekshiruvdan o'tadi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 25 yoshli braziliyalik Londonda. "Arsenal" tez orada futbolchining xaridi borasida rasmiy ma'lumot beradi.

"Kanonirlar" forvard uchun 45 million funt to'lashadi, o'yinchi bilan shartnoma esa 2027 yilning iyun oyi so'nggiga qadar amal qiladi.

Jezus 2021/22 yilgi mavsum "Manchester Siti" tarkibida 41ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 12ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano