
“Siti” Braziliya terma jamoasi futbochisi uchun 27 million funt to'ladi va uni 2016 yil oxiriga qadar “Palmeyras”ga ijaraga berdi.
“Menga ko'pchilik jamoalar yaxshi taklif bilan murojaat qilishdi. Ammo moliyaviy tomonlama bundanda yaxshi takliflarga bo'lgan bo'lsada, “Siti”ning taklifi mening oilam va agentim tomonidan qabul qilindi. Men bu qarorni qabul qilganimdan baxtliman.
Gvardiola bilan ishlash imkoniyatiga ega bo'lganligim sababli bu taklifni qabul qildim. U dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri. U men haqimda iliq fikrlarni bildirganda, ko'nglim tog'day ko'tariladi. Mening o'yin uslubim unga yoqishidan mamnunman. Endi men maydonda buni isbotlashim lozim”, deydi Jezus.