

Mazkur uchrashuv oldidan "Mashal" murabbiyi Gabit Sapargaliev o'yin haqida fikr bildirib o'tdi.
"O'yin qiyin o'tadi. Umuman olganda "Nasaf"ga qarshi o'yinlar doim keskin o'tgan. Biz Buxorodagi g'alabani unutib birinchi davraning oxirgi o'yiniga tayyorgarlik olib bordik. Maqsadimiz dastlabki davrani g'alaba bilan tugatish, - deydi Sapargaliev.
"Mashal" matbuot xizmati



