Gabit Sapargaliev: "Lokomotiv" bilan o'yinda ochko uchun harakat qilamiz"

Narzulla Saydullayev
15 apr 2016, 09:59
"Mashal" bugun Toshkentda "Lokomotiv"ga qarshi Oliy liganing 5-tur bahsini o'tkazadi.

Mazkur uchrashuv oldidan "Mashal" murabbiyi Gabit Sapargaliev o'yin haqida fikr bildirib o'tdi.

"Bu bahs qiyin bo'ladi. "Navbahor" bilan bo'lgan bahsdan so'ng jiddiy tayyorgarlik olib bordik. Bizni kuchli jamoaga qarshi o'yin kutmoqda. Bu o'yinda bizni jamoa ochko olish uchun harakat qiladi. Hozir qo'lga kiritiladigan ochko bizni yigitlarga o'ziga bo'lgan ishonchni qaytarib beradi. Kuchli raqiblarga qarshi ham qo'rqmay harakat qila olsa yakunda maqsadga yetish mumkin", - deydi Sapargaliev.

"Mashal" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia