Futzal. Taqdirlash marosimidan fotogalereya (1-qism)

Tolibjon Qosimov
7 apr 2014, 18:15
Kecha “O'zbekiston” sport majmuasida futzal bo'yicha XVIII milliy chempionatning taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Quyida ana marosim fotogalereyasining birinchi qismini e'tiboringizga havola etamiz.


Munosiblarni taqdirlash uchun hamma narsa shay.

Mamlakatimizda futzalning rivojiga o'zining katta hissasini qo'shgani uchun minnatdorchilik tariqasida Jo'rabek Shaymardonov ("Ardus" klubi direktori), Bahodir Ahmedov (O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi), Rustam Abdiev ("Turon-S" bosh murabbiy)larga kichik kuboklar topshirildi.

Kecha futzaldagi o'yinchilik faoliyatini yakunlagan Abdulla Bo'rievga zar chopon kiydirildi.

 

XVIII milliy chempionat to'purari Andrey Shlyomaga diplom va esdalik sovg'asi topshirildi.

Chempionatning eng yaxshi darvozaboni Akmal Xazratqulov ("Do'stlik-AIN")ga sovg'alar topshirilmoqda.

"Lokomotiv" sardori Artur Yunusov XVIII milliy chempionatimizning eng yaxshi futzalchisi deb topildi.

Abdulla Bo'riev ("Bunyodkor") esa eng yaxshi murabbiy bo'ldi.

Futzal bo'yicha XVIII milliy chempionatni yoritib borishdagi faol ishtiroki uchun "championat.asia" portaliga faxriy yorliq va esdalik sovg'asi topshirildi.

Foto: Tolibjon Qosimov


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia