Futzal. Ro'yxatdan o'tkazishning so'nggi muddatlari

Aslanov Jasurbek
27 sen 2021, 17:13
Xabaringiz bor, joriy yilning oktyabr oyidan e'tiboran futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatining 2021/22 yilgi mavsumi start oladi.

“2021/22 yilgi mavsumda O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan futzal musobaqalari reglamenti” 10.1-bandida ko'rsatilgandek, futzalchilarni musobaqalarga ro'yxatdan o'tkazish 2021 yilning 2 avgustidan 2021 yilning 6 oktyabr kuniga qadar davom etadi. Qishki transfer oynasi esa 2022 yilning 17 yanvaridan shu yilning 12 fevraliga qadar ochiq bo'ladi.

2021 yil 1 oktyabr kunidan 6 oktyabr kunigacha futzal bo'yicha Oliy liga bahslarida qatnashuvchi jamoalar uchun tegishli hujjatlarni ro'yxatdan o'tkazishning so'nggi muddatlari sifatida qayd etilgan.

 

Jamoalarning ro'yxatdan o'tish tartibi quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

1 oktyabr (9:00 - 13:00) - AGMK

1 oktyabr (14:00 - 18:00) - “Maksam-Chirchiq”

2 oktyabr (9:00 - 13:00) - “Dinamo”

2 oktyabr (14:00 - 18:00) - “Neftchi”

3 oktyabr (9:00 - 13:00) - “Navbahor”

3 oktyabr (14:00 - 18:00) - “Nasaf”

4 oktyabr (9:00 - 13:00) - “Metallurg”

4 oktyabr (14:00 - 18:00) - “Stroitel Zarafshon”

5 oktyabr (9:00 - 13:00) - “Lokomotiv”

5 oktyabr (14:00 - 18:00) - “Bunedkor”

6 oktyabr (9:00 - 13:00) - “Paxtakor”

6 oktyabr (14:00 - 18:00) - “HUAXIN-Jizzax”.

 

Bunda 7 oktyabr barcha futzal jamoalari uchun ro'yxatdan o'tkazishning so'nggi kuni sifatida belgilanadi. Yani, transfer oynasining so'nggi kuni bo'lgan 6 oktyabrda tuzilgan mehnat shartnomalarini 7 oktyabr kuni O'zPFL ro'yxatidan o'tkazish mumkin bo'ladi. Jamoalar dam olish kunlaridan tashqarida, aniqrog'i, 1 oktyabr sanasiga qadar ham ro'yxatdan o'tkazish ishlarini amalga oshirishlari mumkin bo'ladi.

Oliy liganing yangi mavsumiga qur'a tashlash marosimi sanasiga tez orada aniqlik kiritiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ЎзПФЛ матбуот хизмати